11:53 / 02.05.2024
267

Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"

Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Ruslanbek Jiyanov bugungi mashg‘ulotlarda saytimizga kichik intervyu berdi.

"O‘zbekiston Parij olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan butun o‘zbek xalqini tabriklayman. O‘zbek futboli tarixida qayd etilmagan natijaga erishdik. Finalga tayyorgarlikni allaqachon boshladik. Yaponiyaga qarshi ikki yil avvalgi musobaqada ham to‘qnash kelgan edik. Bizda ajoyib tarkib yig‘ildi, ammo bir nechta legionerlarimizning safimizni tark etishdi. Ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar topiladi. Final bahsida ular uchun ham qo‘shimcha ishtiyoq bilan o‘ynaymiz" - deya fikr bildirdi Ruslanbek Jiyanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"