
U-23 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston Yaponiyaga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. So‘nggi daqiqalardagi penaltini golga aylantira olmagan Umarali Rahmonaliyev finaldan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va o‘zbek xalqidan uzr so‘radi.
"Birinchi kundan boshlab chempionlikni maqsad qilib, maydonga tushgandik. Bugun ham g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritib, ortga qaytmoqchi edik. Afsuski, Allohning qudrati bilan bizga bu nasib qilmadi. Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman. Faqatgina chempion bo‘lishni xohlagandik. Boshqa hech narsa. Biz bilan birga ekaningizni his qilib turganimiz uchun sizlarga rahmat. Xudo xohlasa, oldimizdagi Olimpiya o‘yinlarida bu alamli mag‘lubiyatni yuvishga, o‘zimiz ko‘zlagan eng yaxshi natijani qayd etib, sizlarni yana xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Umarali Rahmonaliyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar