Videodan kadrlar
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi suhbat aks etgan videolavha tarqaldi. Unda YPX xodimi haydovchidan uch kishiga tushlik olib kelishni so‘ragan.
YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi suhbat shunday kechgan:
— Yozmaymi sizga?
— Nimani yozasiz, komandir?
— Ayting-da, yozaymi-yozmaymi?
— A yo‘q.
— Mana shu yerda 50 kundan beri turibman quyoshda, bitta suv ham olib kelmaysiz-ye.
— Suv sizdan aylansin.
— Qorning ochmi, nima qilyapsan demaysiz...
— Suvi qaynab ketdi-da mashinaning, aka.
— Nima qilay, nima qilish kerak, ayting?
— Hech narsa, aka, hammasi yaxshi.
— Hammasi yaxshimi? Xafagarchilik bo‘lmaydimi?
Shundan so‘ng “GAI” xodimi uch kishiga tushlik olib kelishni aytgan. Haydovchi esa bu “taklif” u uchun qiyin ekanini bildirgan. Inspektor esa bunga javoban 100 ming so‘m so‘ragan.
Holatga videoga olib borgan haydovchi suhbatdan biroz o‘tib, YPX xodimidan uzoqlashadi va xodim undan 70 ming so‘m so‘raganini aytadi. Pulni esa oq rangli Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga beradi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, hozirda videolavhaga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Holatga huquqiy baho berilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi