08:08 / 04.05.2024
66

Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi

Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
© Sputnik/ Makhuza Gaffarova
Toshkentde Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi – 2024 ko‘ngillilari forumi boshlandi. “Biz birgamiz” nomi ostida bo‘lib o‘tayotgan ushbu forumda MDH davlatlaridan kelgan ko‘ngillilar harakatining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.

Forumda muhokama qilinadigan asosiy masalalar:
  • MDHda ko‘ngillilar faolligini oshirish;
  • MDHda ko‘ngillilar harakatini rivojlantirishga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish;
  • samarali ko‘ngillilik modellari tajribasini keng tarqatish uchun shart-sharoit yaratish;
  • ekologik mas’uliyatni oshirish, ekotizimlarni saqlash va tabiatga hurmat haqidagi bilimlarni ommalashtirish masalalari;
  • nogiron yoshlar faol hayot kechirish uchun munosib muhit yaratish masalalari.

Forum dasturidan davra suhbatlari, muhokama maydonchalari, mahorat darslari va seminarlar o‘rin olgan. Forum ishtirokchilari strategik sessiyalar o‘tkazadilar va fleshmoblar tashkil qiladilar.

© Sputnik/ Makhuza Gaffarova
Forumning yana bir muhim mavzusi inklyuzivlik va to‘siqlarsiz yashash maydoni yaratish bo‘ladi. Bunda nogiron bolalar va yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasiga qiziqishni oshirishga qaratilgan motivatsion uchrashuvlar va video intervyular o‘tkaziladi.

Shuningdek, forum doirasida xayriya yarmarkasi o‘tkaziladi, unda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining 500 tadan ortiq ishi namoyish etiladi. Bu rasmlar, otkritkalar, yumshoq o‘yinchoqlar, zardo‘zlik, batik, bonsuklar, aplikatsiyalar, kashta tikish, zargarlik buyumlari va boshqalar.

Tadbir O‘zbekiston ko‘ngillilar uyushmasi tomonidan MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda. Unda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Ozarbayjondan ko‘ngillilar tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamz, 15-16 aprel kunlari poytaxtda “Toshkent – MDH yoshlar poytaxti” forumi ham bo‘lib o‘tgan edi. Uning doirasida MDHga a’zo davlatlar yoshlar jamoat tashkilotlari bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan 2024 yil MDHda Volontyorlik harakati yili doirasidagi rejalar, “MDH uchun 100 g‘oya” xalqaro loyihasini 2024 yilda mahalliy bosqichini o‘tkazish va boshqa masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi