"Inter Mayami" klubining bosh direktori Xaver Asensi hujumchi Lionel Messining transferi klub daromadiga qanday ta’sir qilganini tushuntirib berdi.
“Messining kelishi bilan biz budjeti 60 millionlik jamoadan 125 yoki 130 millionlik jamoaga aylandik. Bu yil aylanmamiz 200 million yoki undan ko‘proq bo‘lishini kutyapman. Vaqtinchalik stadionni hisobga oladigan bo‘lsak, bu juda katta miqdor", - dedi Asensi.
Messi 2023 yilning iyulida erkin agent sifatida PSJdan «Inter Mayami»ga o‘tgan edi. Argentinalik futbolchining AQSH klubi bilan shartnomasi 2025 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Leoni 30 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Messi 10 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
11 turdan keyin “Inter Mayami” 21 ochko bilan MLSda birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda “Real Salt Leyk” (18 ochko) joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi