"Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateus Nunes "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida gapirdi.
“U o‘ziga xos. U shunchaki hamma narsani yaxshilab o‘ylab ko‘radi va o‘yinchilardan nimani xohlayotganini aniq biladi. U bo‘shashishimizga imkon bermaydi, chunki bosim juda yuqori va biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Balki biz biroz dam oladigan lahzalar bo‘lar, ammo "Real"ga qarshi o‘ynaymizmi yoki kubok uchun oltinchi divizion jamoasiga qarshi o‘ynaymizmi, unga farqi yo‘q, uning o‘yinga bo‘lgan qarashlari o‘zgarmaydi", - dedi Nunes "Manchester Siti"ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
53 yoshli ispaniyalik murabbiy 2016 yilning fevralidan beri «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” 16 ta sovrin – Chempionlar ligasi, beshta Angliya chempionati, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UYEFA Superkubogi, ikki marta Angliya kubogi va ikkita Angliya Superkubogi hamda to‘rtta Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Joriy mavsumda ham «Manchester Siti» APL va Angliya kubogida g‘olib chiqishni maqsad qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi