
Foto: Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Traverse rusumli 85 Q 002 GA davlat raqam belgili (2024 yil 15 fevral kuni 85 O 002 GA ga almashtirilgan) avtomobil haydovchisi transport vositasiga ruxsat etilmagan maxsus tovush chiqaruvchi (sirena) qurilma o‘rnatganligi aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, video Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi 1984 yilda tug‘ilgan J.M.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Shuningdek, qoidabuzarga tegishli chora ko‘rilishini ta’minlamagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar