21:45 / 13.10.2018
2 950

O‘zbekiston terma jamoasining 10 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi barham topdi

O‘zbekiston terma jamoasining 10 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi barham topdi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
So‘nggi bor O‘zbekiston 2017 yilning 6 iyun sanasida g‘alabaga erishgandi. O‘shanda Toshkentda Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvida vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishgandi.

Shundan keyin o‘tkazilgan 10ta uchrashuvning hech birida O‘zbekiston raqiblardan ustun kela olmagandi.

O‘zbekiston terma jamoasining oxirgi 11ta o‘yini (Qirg‘iziston bilan yopiq o‘tgan nazorat uchrashuvi hisobga olinmagan)

Eron - O‘zbekiston 2:0
Xitoy - O‘zbekiston 1:0
O‘zbekiston - Janubiy Koreya 0:0
BAA - O‘zbekiston 1:0
Senegal - O‘zbekiston 1:1
Marokash - O‘zbekiston 2:0
Eron - O‘zbekiston 1:0
Urugvay - O‘zbekiston 3:0
O‘zbekiston - Suriya 1:1
O‘zbekiston - Eron 0:1
O‘zbekiston - KXDR 2:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining 10 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi barham topdi