19:45 / 27.10.2018
2 043

Gvardiola: «Hech kim «Real»da Ronalduning o‘rnini bosa olmaydi»

Gvardiola: «Hech kim «Real»da Ronalduning o‘rnini bosa olmaydi»
«Barselona» sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Manchester Siti»ga ustozlik qilayotgan Xosep Gvardiola «el-klasiko» oldidan o‘z fikrlarini bildirar ekan, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning madridliklar safini tark etganiga alohida e’tibor qaratdi.

«Real» mavsumni yaxshi boshlagan edi. Hozir jamoa turg‘unlik holatiga tushib qolgan, ammo ular oxir-oqibat baribir yo‘qotganlarini topib olishadi. «Real» Ronaldu bilan ham, usiz ham top-klubligicha qolaveradi. Ammo Krishtianu juda ko‘p – bir mavsumda 50-60 talab gol kiritar edi. U darvozani ishg‘ol etish bilan birga muhim vaziyatlarda samarali pas uzatishni ham bilardi. Uning o‘rnini kim bilandir to‘ldirish imkonsiz.

Ispan futboli uzoq vaqt davomida Ronaldu va Messining faoliyatidan bahra olib yashadi. Favqulodda iste’dodli bu o‘yinchilar mahalliy futbolning rivojiga katta turtki berishdi.

«El-klasiko» borasidagi taxminimga kelsak, derbida favoritlar bo‘lmaydi. Ammo «Barselona» o‘z maydonida to‘p surayotganini hisobga olish lozim, chunki bu omil doim ahamiyatga ega», - deb aytgan Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» - «Real» uchrashuvi ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: «Hech kim «Real»da Ronalduning o‘rnini bosa olmaydi»