20:48 / 11.11.2018
3 165

«Liverpul» birinchi o‘ringa chiqib oldi

«Liverpul» birinchi o‘ringa chiqib oldi
Angliya Premer-ligasining 12-turida «Liverpul» «Fulhem»ni mag‘lub etdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 41-daqiqasida «Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Sherdan Shaqiri «Fulhem» darvozasiga ikkinchi golni urib, mersisaydliklar g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, «Liverpul» Angliya Premer-ligasidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini 12 o‘yinga yetkazdi - 9 g‘alaba va 3 durang.

Endilikda «Liverpul» 30 ochko to‘plagan holda hozircha turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Ammo «Manchester Siti» va «Chelsi» o‘z o‘yinlarida ochko ololsa, «Liverpul»dan yana o‘tib ketishi mumkin.

«Fulhem» 5 ochkosi bilan APL turnir jadvalida eng oxirgi o‘rinda qolmoqda. Angliya chempionatining keyingi turida «Liverpul» «Uotford» mehmoni bo‘ladi, «Fulhem» esa «Sauthempton»ni qabul qiladi.

Angliya chempionati
12-tur
Liverpul – Fulhem 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 41 Saloh, 2:0 – 53 Shaqiri.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Xenderson, 69), Fabino (Keyta, 90), Shaqiri (Milner, 81), Mane, Saloh, Firmino.
Fulhem – Riko, Odoi, Chembers, Le Marshan, Mouson, Kerni (Seri, 63), Shyurrle (Vetto, 78), Sessenon, Zambo-Angissa (Yuxansen, 84), Kristi, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Chembers (59), Gomes (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» birinchi o‘ringa chiqib oldi