02:30 / 18.11.2018
3 008

Stiven Jerard: "MYuni yoqtirmayman, ammo Mourino..."

Stiven Jerard: "MYuni yoqtirmayman, ammo Mourino..."
"Reynjers" jamoasi bosh murabbiyi Stiven Jerard "Manchester Yunayted" va Joze Mourino haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uni bir so‘z bilan tariflayman: g‘oliblik. U g‘olib murabbiy. Qachonki g‘oliblar sovrin yutish uchun imkoniyati yetishiga ko‘zi yetsagina, shunda barchasi o‘zgaradi.

"Manchester Yunayted"ni unchalik yoqtirmasligimni barcha biladi. Biroq qanday holatda bo‘lmasin, Mourino men uchun dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo‘lib qoladi. U "Yunayted" bilan bir necha sovrinlarga ega chiqib bo‘ldi. Agarda uning qo‘l ostida jamoa yana qandaydir sovrinlarga ega chiqadigan bo‘lsa, bundan ajablanmayman.

U jamoada yaxshi ish olib bormoqda. Joze har doim futbolchilardan aybni olib tashlash uchun o‘zini shunday tutadi va shu tarzda himoya qiladi. Uni hisobdan chiqarish ahmoqlik", - dedi Jerard.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stiven Jerard: "MYuni yoqtirmayman, ammo Mourino..."