15:00 / 27.11.2018
6 114

Aziz G‘aniyev qachon safga qaytadi?

Aziz G‘aniyev qachon safga qaytadi?
Qarshining "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Pepsi Superligasi 31-turidan o‘rin olgan AGMK jamoasiga qarshi (2:2) o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ayni vaqtda jarohatidan tiklanayotgan Aziz G‘aniyevning ahvoli borasida aytib o‘tdi.

"Azizjon mana yaqinda Yaponiyadan davolanib qaytdi. U hozir yengil mashqlarni boshladi. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, yangi yildan umumiy mashg‘ulotlarga qaytadi va jamoamiz o‘yinlariga o‘zining yordamini beradi. Sizlar kabi, bizlar ham uning o‘yinini juda sog‘inganmiz. Baribir tarkibimizda G‘aniyev o‘ynasa, o‘yinimiz ham boshqacha kechadi", - deb Berdiyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Nasaf" rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz 20 yoshli futbolchi Pepsi Superliganing 18-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o‘tkazilgan bahsning 57-daqiqasida jarohat sabab maydonni tark etgandi.

Ma’lumot o‘rnida G‘aniyev aynan mana shu jaroahati sabab terma jamoamizning Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibidan tushib qolgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz G‘aniyev qachon safga qaytadi?