6 262
Shohjahon Ergashev ertaga tongda o‘zi kabi yengilmas Foksga qarshi jang o‘tkazadi (foto)
Foto: «Olamsport.com»
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Toshkent vaqti bilan ertaga tongda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Ayni paytda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan bokschimiz AQShning Kanzas shtati Malveyn shahridagi «Kansas Star Arena» majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bugun bokschilar an’anaga ko‘ra tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi. Ergashev 63,5 kg tosh bosdi. Shohjahondan bo‘yi sezilarli darajada baland bo‘lgan Foks ham deyarli shuncha vaznga ega ekanligi oydinlashdi, deb xabar berdi «Olamsport.com».
Eslatib o‘tamiz, ikkala bokschi ham o‘z faoliyatlarida hali mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan. Hatto durang ham yo‘q. Foks 19 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan. Ergashev va Foks o‘rtasidagi jang ertaga soat 06:00dan boshlab «Sport» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi