Bugun, 6 aprel kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkilotning 29-Kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda kun tartibiga qo‘yiladigan asosiy masala 2019-2023 yillar uchun OFKning yangi rahbarini saylash bo‘ladi. Saylovda tashkilotga a’zo 47 mamlakat federatsiyalarning vakillari ovoz berishadi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) prezidenti Umid Ahmadjonov 5 aprel kuni mazkur Kongressda ishtirok etish uchun Kuala-Lumpurga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Ayni paytga kelib, OFK prezidentligiga nomzodlar orasida faqatgina tashkilotning amaldagi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodi qolgan. Dastavval bu lavozimga da’vogarlar soni 3 nafar edi: Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa (Bahrayn), Saud Al-Mohannadi (Qatar) hamda Muhammad Al-Romaiti (BAA).
Mart oyida dastlab Muhammad Al-Romaiti, keyinchalik Saud Al-Mohannadi saylovda ishtirok etmasligini ma’lum qilib, o‘z nomzodini qaytib olgan edi. Shu tariqa nomzodlar orasida faqatgina Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa qolgan xolos.
Ma’lumot uchun, OFK prezidenti bir vaqtning o‘zida FIFA vitse-prezidenti ham sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) Kongressi bo‘lib o‘tgan, unda tashkilotga a’zo barcha mamlakat vakillari (Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) bo‘lajak saylovda Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishgandi.
Shuningdek, bugungi Kongressda OFK vitse-prezidentligiga, FIFA konsulligiga, OFK erkaklar va ayolar ijroqo‘miga ham saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 2013 yil may oyida OFK prezidenti etib saylangan. Tashkilotning amaldagi rahbari bo‘lajak saylovda ham o‘z nomzodini qo‘yishi haqida o‘tgan yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan OFK ijroqo‘mining yig‘ilishda ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?