O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) bilan kompensatsiya masalasida kelisholmayapti.
Tribuna.uz manbasi xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis muddatidan oldin iste’foga chiqishga tayyor, ammo faqat bir shart bilan – u qolgan vaqt uchun mo‘ljallangan maoshini to‘liq miqdorda olishni istamoqda.
Kuper bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, u yana 7 million yevro maosh olishi kerak. O‘FA esa faqat 5 million berishga rozi. Biroq, Kuperning agenti muzokaralar davomida maoshining to‘liq to‘lab berilishini talab qilmoqda.
Avvalroq, Kuper iste’foga chiqarilsa uning o‘rniga «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze va «Bunyodkor» ustozi Vadim Abramov asosiy nomzodlar ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘yinni JCh-2022 saralashi doirasida 10 oktyabr kuni Yamanga qarshi o‘tkazishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi