
Rossiyalik sharhlovchi Gennadiy Orlovning “Rostov”da to‘p surayotgan o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov haqida: “U o‘zbek, lekin, uning futbol bilimi rossiyalik hujumchilardan balandroq” deya bildirgan fikri rus matbuotida jiddiy tanqidga uchradi. Shundan so‘ng u aslida nima demoqchi bo‘lganini aytdi.
“Men uni iqtidorli futbolchi degan ma’noda gapirgandim. Men “o‘zbek” deganda tabiiyki o‘zbek futbol maktabini nazarda tutdim. Eldor o‘ziga xos va shu bilan birga ayyor futbolchi. Shu sababli ham u 10 ta gol urdi. U maydonni ko‘ra oladigan, fikrlaydigan futbolchilar toifasiga kiradi.
Men o‘zbeklarni ruslarga qarshi qo‘ymadim. Bu qanday bema’nilik”, - deydi Orlov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar