Nant klub antirekordini takrorlash yoqasida turibdi

Fransiyaning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblangan “Nant” klub tarixidagi eng noxush ko‘rsatkichlardan biriga juda yaqinlashib qoldi. Jamoa ketma-ket besh uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan va bu seriya davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agar navbatdagi turda ham omadsizlik qayd etilsa, “Nant” 1999 yil kuzida o‘rnatilgan klub antirekordini takrorlaydi. O‘shanda Reynal’d Denueks qo‘l ostida jamoa Fransiya chempionatida ketma-ket olti bor yutqazgan, u keyinchalik Ispaniyaning “Real Sosyedad” klubida rossiyalik yarim himoyachi Valeriy Karpinni ham shug‘ullantirgan.
Keyingi turda “Nant” Fransiya chempionatida “Gavr”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing