Kir yuvish mashinasi uyni ko‘pikka to‘ldirdi (video)

Bugun ertalab Rossiyada joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolaridan birida g‘ayrioddiy va kulgili holat yuz berdi — uyni haqiqiy ko‘pikli suv toshqini qopladi.
Ma’lum qilinishicha, binodagi ikkinchi qavatda joylashgan xonadondagi kir yuvish mashinasi to‘satdan ishdan chiqqan. Natijada u bir necha daqiqa ichida nafaqat kvartira ichiga, balki podezdga hamda uy oldi hovlisigacha juda ko‘p miqdorda ko‘pik chiqarib yuborgan.
Hodisa shunchalik tez tarqalganki, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uyda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarni vaqtincha evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etilishicha, voqea paytida hech kim tan jarohati olmagan. Biroq ko‘pik va suv sabab ayrim xonadonlar hamda umumiy foydalanish joylariga zarar yetgan bo‘lishi mumkin.
G‘ayrioddiy holat guvohlar tomonidan videoga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichida keng tarqalmoqda.