Ronalduning qizi bilan birga mashg'ulotdan olingan surati tarqaldi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda hujumchi sport zalida gantel bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor. Qizcha ham gantel ushlab turibdi, biroq u kichik, pushti rangdagi gantellar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Jorjina suratga qisqa izoh qoldirib, "Dada" deb yozdi.
Avvalroq Rodriges Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan post ham e'lon qilgandi. Qiziq tomoni, ushbu tabrik futbolchining 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib joylangan.
Ayni paytda Ronalduning "An-Nasr" safidagi so'nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani muhokamalarga sabab bo'lmoqda. OAVda portugaliyalik yulduz klub boshqaruvidan norozi bo'lgani uchun o'yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!