date

Vinisius Barselonaning 0:4 hisobidagi maglubiyatiga kulib munosabat bildirdi

Vinisius Barselonaning 0:4 hisobidagi maglubiyatiga kulib munosabat bildirdi

Barselona butun dunyodagi muxlislarini ranjitdi: Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa payshanba kuni Atletiko maydonida 0:4 hisobida yirik maglubiyatga uchradi. Oldinda javob uchrashuvi ham bor, biroq kataloniyaliklar finalga chiqish uchun katta farqni yopishi oson bo‘lmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline sahifasida Vinisius Juniior strimer Ibay Llanos bilan yonma-yon turgan va hayrat aralash kulayotgan surat e’lon qilindi. Manba yozishicha, bu kadr Real vingerining Barselona uchrashuvidagi hisobni eshitgandagi reaksiyasini aks ettiradi. Vinisius va Llanos Nike tadbirida uchrashib qolgan.

Barselona va Real azaliy raqib hisoblanadi. Joriy mavsumgi “el klasiko”larda jamoalar bir martadan zafar quchdi: La Ligada madridliklar 2:1 hisobida ustun kelgan, Superkubok finalida esa kataloniyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Shuningdek, xabarda Vinisius Barselona futbolchisiga qo‘ng‘iroq qilib, uni qo‘llab-quvvatlagani ham tilga olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Barselonaning 0:4 hisobidagi maglubiyatiga kulib munosabat bildirdi