date

Ikardi Eyu'psporga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Ikardi Eyu'psporga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida "Galatasaray" "Eyu'pspor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bahs qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bu o'yinda xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uch gol Ikardiga "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini olib keldi. U avval bu ko'rsatkich bo'yicha yetakchi bo'lib turgan ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjida 75 gol bo'lgan, Ikardining hisobida esa endi 76 gol bor. Klub to'purarlari umumiy ro'yxatida argentinalik futbolchi hozircha 7-o'rinda qayd etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Turkiyaning "Galatasaray" jamoasi safida to'p suradi. U bunga qadar "PSJ" sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi Eyu'psporga uch gol urib klub rekordini yangiladi