Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadonini tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va rahbariyat aynan shu yo'nalishda faol ish olib borishni maqsad qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan. Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing