Yulduz Usmonova va Malikdan “Pomada” — muxlislar intiqlik bilan kutayotgan yangi duet

Xonanda Yulduz Usmonova va Malik hamkorlikda “Pomada” nomli yangi duet qo‘shiqni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Ushbu tarona 15 fevral kuni soat 22:00 da YouTube platformasida rasmiy premyera qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, “Pomada” duetining so‘zi va musiqasi to‘liq Malik tomonidan yozilgan. Ijodiy hamkorlik natijasida yaratilgan ushbu qo‘shiq musiqasevarlar uchun yorqin yangilik bo‘ldi.
Xabarning e’lon qilinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar faol izoh qoldirib, Yulduz Usmonova va Malik duetini katta qiziqish bilan kutishayotganini bildirishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, “Pomada” yaqin kunlarning eng kutilayotgan premyeralaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing