Xabaringiz bor, ayni paytda ham milliy, ham olimpiya terma jamoalari Toshkentda yigʻin olib borishmoqda.
Bir necha kun davomida milliy terma jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etgan “Nasaf” yarim himoyachisi Aziz Gʻaniyev bugundan olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga qoʻshildi.
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 13-19-noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar oʻrtasida xalqaro turnirda ishtirok etadi. Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya hamda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi. Shuningdek, Iroq va Iordaniya U-23 terma jamoalarining ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Lyubinko Drulovich Gʻaniyevni Dubaydagi musobaqaga olib ketishni istagani uchun futbolchi OTJ mashgʻulotlariga qoʻshildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston OTJ yanvar oyida Tailandda boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Ushbu musobaqa orqali Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish imkoniyati mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi