20:30 / 07.11.2019
2 707

“Real” hujumchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

“Real” hujumchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi
“Real” Madrid klubi forvardi Rodrigo Goes kecha UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida doirasida “Galatasaroy” darvozasini ikki bor aniq nishonga olib dubl qayd etdi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga koʻra Goes shu tariqa YECHLda gol urgan braziliyalik eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. Ayni damda u 18 yosh 302 kunlik hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Goes “Real” safiga oʻtgan yozgi transferlar davrida kelib qoʻshilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida u “qirollik klubi”da jami 5 ta oʻyinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” hujumchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi