Germaniyaning «Shalke 04» klubi Rossiyaning «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, gelzenkirxenliklar qishki transferlar oynasidayoq o‘zbek hujumchisini sotib olishni istashmoqda. Shu maqsadda klub Rossiya tomoniga barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 15 million yevro taklif qilgan. Unga ko‘ra, «Shalke» kelishuvga erishgan taqdirda dastlab 10 million yevro to‘laydi va qo‘shimcha bonuslar bilan yana 5 million yevroni «Rostov» hisobiga o‘tkazib beradi.
Hozircha, «Rostov» vakillari bu taklifga aniq javob bermagani aytilmoqda. Ammo «Sport TV»ning instagram kanalida xabar qilinishicha, Shomurodovning nemis klubiga transfer qilinishi masalasi hal bo‘lish arafasida.
Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning yana bir jamoasi «Shtutgart» hujumchi uchun 10 million yevro berishga tayyor bo‘lib turibdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining ayni vaqtdagi narxi 6,5 million yevroni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi