19:43 / 06.01.2020
3 457

Habibning murabbiyi Konorga qarshi jangdagi mojaro haqida: 10 daqiqadan so‘ng Putin qo‘ng‘iroq qilgandi

Habibning murabbiyi Konorga qarshi jangdagi mojaro haqida: 10 daqiqadan so‘ng Putin qo‘ng‘iroq qilgandi
Foto: Yandex Photos
UFC yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining Konor Makgregorga qarshi kechgan jangidan keyin nimalar bo‘lganini aytdi.

«Jangdan so‘ng Habibga murabbiy aytishi kerak bo‘lgan jumlalarni gapirdim: hammasi yaxshi, barchasi ortda qoldi, buni hayoldan chiqarib tashla, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Biz kiyinish xonasida edik, o‘n daqiqadan keyin Vladimir Putin qo‘ng‘iroq qildi va u bilan faxrlanishini aytdi. U shunday dedi: ‘Sen vataning va oilang sharafini munosib himoya qilding. Murabbiylaringa ham tashakkurimni yetkazib qo‘y, ular ham katta ishni amalga oshirdi’
», — deydi Mendes.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktabr oyida Habib irlandiyalik yakkurashchini bo‘g‘ish usulini qo‘llab taslim etgan va shundan keyin raqibining sparring sherigi bilan janjallashib ketgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habibning murabbiyi Konorga qarshi jangdagi mojaro haqida: 10 daqiqadan so‘ng Putin qo‘ng‘iroq qilgandi