09:08 / 09.03.2020
2 788

Bahodir Jalolov bahraynlik bokschini taslim qilib, Tokio Olimpidasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Bahodir Jalolov bahraynlik bokschini taslim qilib, Tokio Olimpidasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ
8 mart, yakshanba kuni, Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa doirasida navbatdagi janglar o‘tkazildi.

-75 kilogramm vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov chorak finalda qozog‘istonlik Abilxon Amanqulga qarshi jang o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. Ammo Fanat Olimpiada yo‘llanmasi uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Boisi ushbu vazn toifasida Olimpiadaga 5 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Fanat chorak finalda mag‘lub bo‘lgan boshqa bokschilar bilan 1 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

+91 kilogramm vazn toifasida Bahodir Jalolov chorak final bahsini bahraynlik Danis Latipovga qarshi o‘tkazib, 3 raund yakuniga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Bahodir ham Tokio Olimpidasiga yo‘llanmani o‘ziniki qildi va litsenzio musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov bahraynlik bokschini taslim qilib, Tokio Olimpidasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi