00:20 / 28.04.2020
2 640

Futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingi: Top-10 talikda Ektor Kuper ham bor

Futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingi: Top-10 talikda Ektor Kuper ham bor
Ispaniyaning Marca nashri futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingini tuzib chiqdi.
Unda «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xaver Maskerano birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Futbolchi faoliyati davomida 11 ta finalda mag‘lub bo‘lgan — 5 marta terma jamoa safida, 6 bor klub miqyosida.

Ikkinchi pog‘onadan «Manchester Yunayted» va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Patris Evra o‘rin oldi. Evra Chempionlar Ligasida eng ko‘p (4 marta) mag‘lub bo‘lgan futbolchi hisoblanadi. Kuchli uchlikni «Chelsi», «Real» va «Bavariya» sobiq yarim himoyachisi Aren Robben yakunlab berdi. Niderlandiyalik futbolchi faoliyati davomida oltita finalni boy bergan (2 — YECHL, 3 — Superkubok, bir marta JCH—2010).

Kuchli beshlikdan O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper ham o‘rin oldi. Argentinalik mutaxassis faoliyati mobaynida oltita finalda yutqazgan bo‘lib, ularning ikkita «Valensiya» bilan Chempionlar Ligasi finaliga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, quyidagi futbol olami vakillari o‘nlikdan o‘rin oldi:
4. Mixael Ballak. Oltita finalda yutqazgan
5. Ektor Kuper. 6 ta finalni boy bergan
6. Alessandro Del Pero. Uchta YECHL va Yevro—2000 finalida yutqazgan
7. Lotar Matteus. Jahon Chempionati va YECHLda ikki martadan mag‘lub bo‘lgan
8. Gonsalo Iguain. YECHL va ikkita Amerika Kubogida yutqazgan
9. Janluiji Buffon. Uch bor YECHL finalida mag‘lub bo‘lgan
10. Antoni de Avila. Ikki bor Libertadores Kubogini boy bergan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingi: Top-10 talikda Ektor Kuper ham bor