11:12 / 31.05.2020
1 930

Modji qay tariqa ashaddiy raqobatchilarini chuv tushirardi?

Modji qay tariqa ashaddiy raqobatchilarini chuv tushirardi?
Luchano "Inter"da ishga yaramaydigan ahmoqlar ishlaydi deb hisoblardi va buni isbotlab bergan ham.
1994 yili Janni Anelli keskin pastga sho‘ng‘ishdan biroz qutuldi va bir aqlli qarorga keldi: u Luchano Modjini direktor etib tayinladi. Shundan keyin 12 yil davomida "Yuve" 15ta sovrin yutdi.

2015 yili qo‘lga kiritilayotgan sovrinlar borasida Luchanoga savol berishganida, shunday javob qaytargandi: "Inter" yutmayaptimi, demak u yerda hech nimaga yaramaydigan ahmoqlar ishlashadi". Ikki yildan keyin javob o‘zgardi: "Inter"ni qay tariqa dog‘da qoldirdik? Ular Hoqon Shukurni, men esa Ibragimovichni, ular Vampetani, men Zidanni olib keldim. Ular Taribo Uestani olib kelganida men hech nima qilmadim. Bu xavotir olishga arzimasdi ham. Mana sabab qayerda. Biz "Inter"ni mag‘lub etmadik, ularning o‘zlari bizga taslim bo‘lishdi, chunki ular ishlashni bilishmaydi. Kuch yoki pullar emas, balki ashaddiy raqobatchidan ko‘ra ko‘proq ishlash orqali g‘alaba qilish mumkin".

Modji transfer bozorida ideal tarzda ishladi. "Yuve" 90-yillarning ikkinchi yarmida "Inter", "Milan", "Parma", "Latsio"dan ko‘ra transferlarga kamroq pul sarflagan bo‘lsa ham, mamlakat futbolini boshqarishda davom etdi. Klub transferlar bozorini nazorat ham qilardi.

1999 yili Modji "Marsel"ga o‘tdi. Tushunarsizligi shundaki, shundoq ham kuchli tarkibga yana kimlarni olib kelish kerakligini hech kim bilmasdi. Tarkibda Blan, Gallas va Pires kabi futbolchilar faoliyat olib borayotgandi. Katta ehtimol bilan "Yuve" orqali ishlar hali bo‘lishi mumkin edi. Ammo tarix o‘zgarib ketdi.

Luchano mehmonxona yonida ortidan "dum" ketayotganini "xitlab" qoldi, stadionda esa uni kuzatib yurishdi. Undan ikki qator pastda "Inter" skautlari o‘tirgandi. 90-yillar yakuniga kelibgina milanliklar transfer bozorida "Yuve"ni ortda qoldirishni boshlashdi, ular raqobatchisi ko‘zlagan futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni uddalashayotgandi. Umuman olganda bu taktika maqtovga arziydi, biroq Modji raqiblariga tan berishni istamasdi. Luchano o‘z qo‘shnisi tomonga: "Bu Domoro - haqiqiy noyob topilma", deb gapirar va bu gapni qayta va qayta aytaverardi. U o‘yinda Domoroga har bir to‘pga teginganida e’tirof etaverdi.

Siril Domoro o‘shanda 28 yoshga kirgan, "Marsel"da ikkinchi mavsum o‘ynayotgan bo‘lsa ham Kot-D’Ivuar termasiga doimiy tarzda chaqirilmayotgandi. "Inter" skautlari buni unutishdi. Ular futbolchini yaxshilab o‘rganishmadi. Bilishardiki, Domoro ayni damda "Yuventus"ning asosiy nishoni bo‘lib turibdi. Modji esa sifat kafolatchisi.

Oradan ikki kun o‘tib, "Gazzetta dello Sport" yorqin kelajakni va’da qildi: "Inter" yangi Tyuramni topdi". Oradan iki hafta o‘tib esa original Tyuramdan keskin farq qiladigan futbolchi "San Siro" stadionida ko‘rinish berdi.

"Inter" shoshilganidan "Yuve" taklif qilgan mablag‘dan 3 baravar ko‘proq to‘ladi. Domoro 7 mln yevroga tushdi. O‘sha yili yozda "Yuve" Dzambrottani 8 mln yevroga sotib oldi va u keyingi 10 yillikda dunyoning eng yaxshi fulbeklaridan biri bo‘ldi. Domoroning parvozi esa o‘xshamadi. U A Seriyaning atigi 6 o‘yinida qatnashdi va navbatdagi 2 mavsumda ijarada o‘ynab, keyinchalik tekinga ketdi.

"Futbolni ayyorliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, - deb eslaydi Modji. - O‘shanda Domoroni tasodifan tanlaganman va u omadsiz bir futbolchi bo‘lib chiqdi".

Mirjalol Normatov tarjimasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Modji qay tariqa ashaddiy raqobatchilarini chuv tushirardi?