
28-oktyabr, seshanba kuni, O‘zbekiston tog‘li hududlarida yomg‘ir, so‘ngra qorga aylanishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet. Tog‘li hududlarda harorat +13 darajagacha pasayadi, bir kun avval esa havo harorati +20 darajagacha ko‘tarilgan edi.
Boshqa hududlarda sinoptiklar +18…+23 daraja haroratni prognoz qilmoqda. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Poytaxtda shamol kuchayishi, tezligi soniyasiga 12 metrgacha yetishi ehtimoli bor (Bofort shkalasi bo‘yicha "kuchli" deb baholanadi).
Havo harorati esa +20…+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar