date

Haydovchilik guvohnomasi olish osonlashadi

Haydovchilik guvohnomasi olish osonlashadi
O‘zbekistonda moped va skuter egalari uchun haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni soddalashtiriladi. Hukumat bu borada yangi qaror qabul qildi, deya xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati. Yangi tartib 2026-yildan boshlab kuchga kiradi.

Endilikda moped va skuterlar uchun alohida “A1” toifali guvohnoma joriy etiladi. Uni olish uchun avtomaktabda o‘qish talab qilinmaydi — fuqaro bevosita imtihon topshirib, hujjatni qo‘lga kiritishi mumkin. Imtihon 20 ta test savolidan iborat bo‘lib, 16 tasiga to‘g‘ri javob berish kifoya qiladi.

Shuningdek, “A”, “B”, “C” yoki “D” toifali guvohnomaga ega haydovchilar “A1” toifasidagi transport vositalarini qo‘shimcha ruxsatsiz boshqarishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa ko‘plab haydovchilar uchun qulaylik yaratadi.

2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifali guvohnoma olish uchun nazariy o‘qish majburiyati ham bekor qilinadi. Endilikda talabgorlar faqat 20 soatlik amaliy mashg‘ulotni o‘tab, imtihonga kirishlari mumkin. Nazariy bilimlarni esa istalgan joyda — onlayn yoki mustaqil tarzda o‘rganish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab jarima ballari tizimi kengaytiriladi. Endi yo‘lda kamera orqali qayd etilgan ayrim qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari hisoblanadi. Jarimalar bevosita transportni boshqargan haydovchi nomiga yoziladi, bu esa adolatliroq tizimni ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilik guvohnomasi olish osonlashadi