date

Namanganda YuNESKO sharafiga daraxtlar ekildi

Namanganda YuNESKO sharafiga daraxtlar ekildi
Namanganda YuNESKOning 80 yilligiga bag‘ishlangan ekologik tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir doirasida Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida 80 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shundan 5 ming tup ko‘chat Namangan shahrining o‘zida o‘tqazildi. Bu haqda Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov rahbarligida o‘tkazildi. Unda viloyat, shahar va tumanlar jamoatchiligi vakillari, turli idora va tashkilotlar, korxonalar xodimlari, faol fuqarolar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, ko‘ngilli ishtirokchilar o‘zlariga ajratilgan hududlarda ko‘chatlarni ezgu niyatlar bilan ekishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namanganda YuNESKO sharafiga daraxtlar ekildi