date

O‘zbekistonda ilk sovuq kunlar qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk sovuq kunlar qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda haroratning sezilarli pasayishi va ilk sovuqlar noyabr oyi boshida kuzatilishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Sinoptiklarning bashoratiga ko‘ra, 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha harorat asta-sekin pasayadi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda esa yomg‘ir qorga aylanishi ehtimol qilinmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida tungi harorat 3–8 darajagacha, keyin -2 darajagacha tushishi mumkin. Buxoro va Navoiyda ham shunday tendensiya kuzatiladi — tungi harorat 2–7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 2–5 noyabr kunlari kechasi 3–8 daraja, kunduzgi harorat 13–18 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda 29–30 oktyabrda 23–28 daraja bo‘lgan havo 5 noyabrga kelib 15–20 darajaga tushadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham shunga o‘xshash pasayish kutilmoqda.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda 29 oktyabrda qisqa muddatli yomg‘ir, baland joylarda qor yog‘ishi mumkin. Keyingi kunlarda havo asosan quruq va salqin bo‘ladi.

Toshkentda 29 oktyabrda kunduzgi harorat 22–24 daraja bo‘lib, hafta davomida 13–18 darajagacha pasayishi bashorat qilinmoqda.

Sinoptiklar aytishicha, bu yilgi ilk sovuqlar odatdagidan biroz ertaroq kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ilk sovuq kunlar qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi