22:22 / 16.01.2021
2 826

Piter Xyuistra: Yangi futbolchilar keladi, ammo...

Piter Xyuistra: Yangi futbolchilar keladi, ammo...
"Paxtakor" yangi mavsum uchun qizg‘in tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugungi mashg‘ulotda klub bosh murabbiyi Piter Xyuistra saytimiz uchun intervyu berdi:

"Futbolchilar keladi, ketadi. Bu jarayon har yili takrorlanadi. Biz kuchli futbolchilarni yo‘qotdik, ammo endi yosh futbolchilarni rivojlantirishimiz lozim. Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lar ekan.

Biz yangi futbolchilar qidirmoqdamiz, ammo ayni dam ular haqida sizga ma’lumot bera olmayman.
Biz Shota Arveladze bilan 3,5 yil birga ishladik. U bilan missiyamiz o‘z yakuniga yetdi. Shota bilan do‘stmiz va doim shunday bo‘lib qolishiga aminman. Uning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilayman
", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: Yangi futbolchilar keladi, ammo...