Argentinalik futbolchi kelishuv amalga oshadi deb o‘ylagandi va yangi shartnomaga imzo chekishiga ishongandi. Futbolchi hatto «Barselona» uni ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun maoshini keskin pasaytirishga ham tayyor edi, deb yozmoqda ispan nashrlari.
Leo Messi payshanba kuni hamma ish yopilishini va juma kunidan mashg‘ulotlarga kirishib, yangi mavsumni boshlash uchun jamoadoshlari bilan uchrashishni niyat qilgandi.
Hujumchining otasi Xorxe Messi Kataloniyaga «Barselona» bilan yangi shartnomaga imzo chekish uchun borgan edi. Messi va uning otasi moliyaviy shartlar to‘liq kelishilgani sabab faqat «Barselona» direktorlar kengashi bilan kelishuv rasman e’lon qilinishini yakunlash qolgan deb o‘ylashayotgandi.
Ammo klub prezidenti Laporta uchrashuv vaqtida Xorxe Messiga juda afsusda ekanini aytib, La Liga tomonidan belgilangan moliyaviy taqiqlar tufayli klub argentinalik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaganini bildiradi.
Shundan keyin ham Messining oilasi klub prezidentiga futbolchi maoshini yanada pasaytirishga tayyorligi haqida bildirgan.
Biroq «Barselona» Messining oilasi bilan bog‘lanib, ularga La Liganing moliyaviy chegarasini yengib o‘tishning imkoni yo‘qligini va shuning uchun futbolchini reglament bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ilojsiz ekanini aytdi.
Messining oilasiga yaqin manbalar hujumchi hozircha boshqa biror klub bilan rasman muzokara qilmaganini aytishmoqda, chunki u amaldagi klubi bilan shartnomani uzaytirish mumkinligiga ishongan. Shu sabab yuzaga kelgan vaziyatdan Messi hayratda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi