
Bugun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para yengil atletika hamda para dzyudo sport turlari bo‘yicha Asila Mirzayorava kumush hamda Uchqun Quronboyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallarning umumiy soni 3 taga yetdi. Hozircha hisobimizda bitta oltin, bitta kumush va bitta bronza medallari mavjud. Ushbu natija bilan delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 18-o‘rinda bormoqda.
Ayni paytda vakillarimiz Osiyo qit’asida musobaqa peshqadami Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egallab turishgan bo‘lsa, MDH davlatlari orasida Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon va Belarusdan keyin 5-o‘rinda boryapmiz. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa O‘zbekiston yaqqol peshqadam.
O‘zbekistonTokio-2020Paralimpiya O‘yinlariYengil AtletikaDzyudo SportMedal Hisobi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar