date

O‘zbekistonliklar chet elda HUMO orqali to‘laydi


Milliy to‘lov tizimi HUMO va global to‘lov platformasi Alipay+ (Ant International tarkibida) xalqaro QR-to‘lovlarni rivojlantirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu kelishuv Pekinda imzolanganini Business Wire xabar berdi.

Dastlabki bosqichda HUMO foydalanuvchilari o‘z bank ilovalari yoki hamyonlari orqali xorijda, xususan, Xitoy va yana 50 dan ortiq davlatda, jumladan Qozog‘iston, Tailand, BAA va AQShda, so‘mda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Alipay+ tizimiga birinchi bo‘lib Octobankning Octomobile elektron hamyoni integratsiya qilinadi.

Yil oxirigacha ushbu tizimga boshqa HUMO ishtirokchilari ham ulanishi rejalashtirilgan. Hamkorlik, shuningdek, Alipay+ foydalanuvchilariga O‘zbekistondagi savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bu esa turizm va chakana savdo sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi. HUMO boshqaruv kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Maksad Muxitdinovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuv o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish va to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratadi, biznes uchun esa auditoriyani kengaytirish imkonini taqdim etadi.

Bugungi kunda HUMO tizimida mamlakatdagi 35 ta bank va 42 ta no-bank moliyaviy tashkilot birlashgan. Alipay+ning Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Janubiy Osiyo bo‘yicha bosh menejeri Edvard Yue hamkorlik Alipay+ning Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirib, 45 milliondan ortiq raqamli hamyon foydalanuvchilarini qamrab olishini qayd etdi.

Alipay+ 40 dan ortiq elektron hamyon va bank ilovalarini, shuningdek, 10 ta milliy QR-to‘lov tizimlarini birlashtirgan bo‘lib, 1,8 milliard iste’molchi akkauntlari va 100 milliondan ortiq savdo nuqtalarini bog‘laydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonliklar chet elda HUMO orqali to‘laydi