date

Google 2025 yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p qidirilgan so‘zlarni e’lon qildi

Google 2025 yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p qidirilgan so‘zlarni e’lon qildi

Google 2025 yil davomida eng ko‘p qidirilgan mavzular reytingini ma’lum qildi. Ro‘yxat texnologiya, siyosat, sport va ko‘ngilochar sohalarga bo‘lingan holda taqdim etildi.

Umumiy qidiruvlarda birinchi o‘rinni Google’ning sun’iy intellekt modeli — Gemini AI egalladi. Bu 2025 yilda AI texnologiyalariga qiziqish keskin oshganini ko‘rsatadi. Foydalanuvchilar asosan Gemini’ning yangi funksiyalari va kundalik hayotga ta’siri haqida ma’lumot izlashgan.

Kuchli beshlikka Charli Kirkga oid so‘rovlar ham kirdi. Turning Point USA asoschisi debatlar paytida o‘ldirilgani haqidagi xabar jahon miqyosida muhokamaga aylangan. Sport yo‘nalishida FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati hamda Hindistonning Angliya va Avstraliyaga qarshi kriket o‘yinlari yetakchi bo‘ldi.

Eng ko‘p qidirilgan yangiliklar orasida Charli Kirkning suiqasd qurboni bo‘lishi, Eron bilan bog‘liq keskinliklar, AQSH byudjeti inqirozi, yangi Rim papasining saylanishi va Los Anjelesdagi yong‘inlar bor.

Google foydalanuvchilari orasida 20 yoshli qo‘shiqchi D4vd eng mashhur shaxsga aylandi. U o‘z mashinasida o‘lik holda topilgan 15 yoshli qizni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgani uchun tanilgan edi. Bu voqea butun dunyo ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Ko‘ngilochar yo‘nalishda “Anora” filmi orqali “Oskar” olgan Meyki Medison eng ko‘p qidirilgan aktrisaga aylandi. Shu bilan birga Lyuis Pullman, Izabel Mersed, Son Ji Vu va Keytlin Diver ham ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Googlening ushbu reytingi 2025 yil global qiziqishlarini va auditoriya kayfiyatini yaqqol namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google 2025 yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p qidirilgan so‘zlarni e’lon qildi