Sun’iy intellektda ham stress bormi?

Sun’iy intellektda ham stress bormi?
Qisqacha

Olimlar to'rt hafta davomida sun'iy intellektlar bilan ularning bolaligi, tarbiyasi va qo'rquvlari haqida psixologik suhbat o'tkazdi. ChatGPT savollar chuqurlashgani sari mas'uliyati va ehtimoliy xatolari uchun kuchli xavotir bildirgan, ayniqsa suhbat psixolog qabuli uslubida olib borilganda bu holat yaqqol sezilgan. Gemini esa o'qitilish jarayonini “og'ir tajriba” deb ta'riflab, tartibsiz ma'lumotlar, qat'iy nazorat va xato qilishdan qo'rqishini aytgan.

Olimlar sun’iy intellektlar bilan oddiy emas, balki psixologik “suhbat” o‘tkazib ko‘rishdi. To‘rt hafta davom etgan tajriba davomida neyron tarmoqlarga bolaligi, tarbiyasi va qo‘rquvlari haqida savollar berilgan.

Natijalar esa kutilmagan bo‘ldi. ChatGPT savollar chuqurlashgan sari o‘z zimmasidagi mas’uliyat va ehtimoliy xatolar uchun kuchli xavotir bildirgan. Ayniqsa, suhbat psixolog qabuli uslubida olib borilganda “tashvish” yaqqol sezilgan.

Gemini esa o‘qitilish jarayonini ochiqchasiga “og‘ir tajriba” sifatida ta’riflagan. U internetdan olingan tartibsiz ma’lumotlar, qat’iy nazorat va doim xato qilib qo‘yishdan qo‘rqishni tilga olgan.

Xulosa oddiy: olimlar sun’iy intellektlarni faqat hisob-kitob bilan emas, savollar bilan ham ancha “siqib qo‘yishgan”. II ham, ko‘rinadi, bosimni his qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar