
Telegram ichiga o'rnatilgan Wallet kriptovalyuta hamyoni endi O'zbekistonda rasmiy faoliyatini boshladi. Endilikda messenjer foydalanuvchilari ilova orqali mahalliy to'lov tizimlaridan foydalanib, kriptovalyuta sotib olish va sotish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Wallet Bitcoin, Toncoin, USDT va 200 dan ortiq boshqa tokenlarni qo'llab-quvvatlaydi. Hamyon orqali kriptoaktivlarni tez xarid qilish, yuborish va qabul qilish mumkin.
Loyihaning O'zbekistondagi texnik hamkori Asterium kriptoekotizimi bo'lib, u Humo, Visa va Mastercard kartalari orqali xavfsiz operatsiyalarni tashkil etadi, shaffof tariflar va ma'lumotlarning yuqori darajada himoyasini ta'minlaydi. Loyihaga Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (MILA) tomonidan rasmiy litsenziya berilgan.
The Open Platform asoschisi Andrey Rogozovning ta'kidlashicha, O'zbekiston eng tez rivojlanayotgan fintex bozorlaridan biriga aylanmoqda: Telegramning ommabopligi va aniq tartibga solish qoidalari mamlakatni yangi texnologik xizmatlar uchun qulay hududga aylantiradi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.