
Telegram asoschisi Pavel Durov TON blokcheyn texnologiyasi asosida yangi Cocoon (Confidential Compute Open Network) nomli markazsizlashtirilgan tarmoq ishga tushirilishini e'lon qildi. Mazkur loyihada sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari birlashtiriladi va u o'z ishini noyabr oyida boshlaydi.
Ushbu yangilikni Durov Dubayda bo'lib o'tgan Blockchain Life 2025 forumida ma'lum qildi. Durovning so'zlariga ko'ra, so'nggi yillarda insonlar raqamli erkinliklarini yo'qotmoqda va buni markazsizlashtirish orqali tiklash mumkin.
U hazil bilan yangi tarmoqni "Private AI Network" — qisqartmasi P.A.I.N ("og'riq") deb atashni o'ylaganini aytib o'tdi. Yangi tarmoqning faoliyatini GPU maynerlari qo'llab-quvvatlaydi, ular Toncoin (TON) tokenlarida mukofot olishadi.
Telegram esa loyihaga foydalanuvchilarning e'tiborini jalb qilishda yordam beradi. Dasturchilar sun'iy intellekt vositalaridan foydalanishlari, foydalanuvchilar esa o'z maxfiyligini saqlab, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Pavel Durov TON asosida Cocoon tarmog'ini taqdim etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar