date

O‘zbekistonda bank ilovalari mijoz tajribasi bo‘yicha baholandi

O‘zbekistonda bank ilovalari mijoz tajribasi bo‘yicha baholandi

O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlarining sifati yildan yilga o‘sib borayotgani yana bir bor isbotlandi: mamlakatdagi 33 ta bank mobil ilovasi mijoz tajribasi nuqtayi nazaridan baxolangan CX Banking Index 2025 tadqiqotining natijalari e’lon qilindi. Mustaqil tahlillardan iborat ushbu indeks bank ilovalaridagi barcha asosiy qadamlarni — ro‘yxatdan o‘tishdan tortib to‘lov va pul o‘tkazmasigacha — sinchiklab o‘rganadi.

Tadqiqot doirasida analitiklar har bir bosqichda mijozga yengillik berish yoki aksincha, qiyinchilik tug‘diradigan jihatlarni aniqlab bordi. iCX indeksi −10 dan +10 gacha bo‘lgan ko‘rsatkichni ifodalaydi va turli banklarni bir xil mezon orqali taqqoslash imkonini beradi. Umuman aytganda, bu raqamlar ilovadan har kunlik foydalanish qanchalik qulay ekanini ochiq-oydin namoyon qiladi.

Customer Experience Laboratory (CX Lab) asoschisi Aleksey Ivanov ta’kidlashicha, “ko‘pchilik uchun kundalik bank amaliyotlari oddiy odatga aylangan. Agar ilova qulay bo‘lmasa, mijoz bir zumda raqobatchi xizmatga o‘tib ketadi. CX Banking Index esa aynan qaysi bosqichda muammo borligini raqamlar orqali aniq ko‘rsatib beradi”.

Mukofotlar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha taqdim etildi:

1. Birinchi taassurot (ro‘yxatdan o‘tish, kartani ulash, tushunarlilik):

1-o‘rin — Garant bank

2-o‘rin — Ipak Yo‘li Bank

3-o‘rin — Aloqabank va InfinBank

2. P2P o‘tkazmalar (foydalanuvchini topish, tezlik, komissiyalar):

1-o‘rin — Davr Bank

2-o‘rin — Asakbank va InfinBank

3. To‘lovlar (jadval, shablonlar, shaffof operatsiyalar):

1-o‘rin — Uzum Bank

2-o‘rin — SQB

3-o‘rin — Aziya Alyans Bank

4. Daily Banking (ilovaning umumiy kundalik qulaylik indeksi):

1-o‘rin — Aziya Alyans Bank

2-o‘rin — Uzum Bank

3-o‘rin — Ipak Yo‘li Bank

Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi rahbari Otabek Nasirov fikricha, raqamli moliya xizmatlarida mijoz tajribasi yangi “infratuzilma standarti”ga aylangan. Qanday bank ilova ko‘proq shaffof va sodda bo‘lsa, mijozlar ham aynan shu tashkilotga ko‘proq ishonadi.

CX Banking Index Kursiv O‘zbekiston, Bank.uz, The Able Technologies, BeaversBrothers va Central Asian Fintech Association hamkorligida amalga oshirildi. To‘liq hisobotni https://cx-index.uz saytidan bepul yuklab olish mumkin.

Tadqiqot doirasida 33 ta ilova bo‘yicha 218 ta ko‘rsatkich baholandi. Loyihaning asosiy maqsadi — o‘zbek bank ilovalaridagi eng yaxshi amaliyotlarni namoyon qilish, foydalanuvchilar uchun yanada qulay ekotizim yaratish va raqamli moliya xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda bank ilovalari mijoz tajribasi bo‘yicha baholandi