date

Tony Robbins va Calm asoschilari xavfsizroq AI-terapiya ilovasini yaratdi

Tony Robbins va Calm asoschilari xavfsizroq AI-terapiya ilovasini yaratdi

Erkaklar uchun moʻljallangan Mental ilovasi asoschilari sunʼiy intellektga asoslangan interaktiv audio funksiyasi foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uygʻotayotganini payqashgach, yangi loyihaga qoʻl urishdi. Shunday qilib, The Path deb nomlangan, xavfsizroq va samaraliroq AI-terapiya ilovasi dunyoga keldi. Loyihaga mashhur motivator va yozuvchi Tony Robbins ham hammuassis sifatida qoʻshildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

The Path startapi Prime Movers Lab boshchiligidagi investitsiya raundida 14,3 million dollar mablagʻ jalb qildi. Loyihada Tony Robbins bilan birga taniqli sportchilar Apolo Anton Ohno va Deontay Wilder ham ishtirok etmoqda. Dastlab brending boʻyicha maslahatchi sifatida boshlagan Robbins, keyinchalik oʻzining shaxsiy rivojlanish metodikalarini ilovaga integratsiya qilish orqali loyihaning ajralmas qismiga aylandi.

Ilova asoschilaridan biri Anson Whitmer ilgari mashhur Calm meditatsiya ilovasida faoliyat yuritgan. Uning ruhiy salomatlik texnologiyalariga kirib kelishiga shaxsiy fojialar sabab boʻlgan: yaqin qarindoshlarining oʻz joniga qasd qilishi uni psixologiya fanlari doktori darajasini olishga va ilmiy tadqiqotlarni ommaga yetkazishga undagan.

Whitmerning soʻzlariga koʻra, anʼanaviy terapiya hamma uchun ham ochiq emas, chunki dunyoda mutaxassislar yetishmovchiligi mavjud. The Path ilovasi esa har bir foydalanuvchining oʻziga xos muammolariga moslashgan holda, sunʼiy intellekt yordamida shaxsiy kouching va terapiya xizmatlarini taqdim etishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tony Robbins va Calm asoschilari xavfsizroq AI-terapiya ilovasini yaratdi