Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Apple’ning so‘nggi yillardagi eng yaxshi mahsulotlaridan biri — bu AirPods naushniklari. Apple Watch’dan farqli o‘laroq, naushniklar tezda bozorni egallagan, deb xabar beradi IXBT.
AirPods nafaqat ulkan miqdorda sotilgan (2019 yilda 35 million naushnik 7,3 milliard dollarga sotilgan), balki dunyodagi eng mashhur simsiz naushnik hisoblanadi. Bundan tashqari, aynan AirPods simsiz naushniklarga ommaviy ravishda tezkorlik bilan o‘tish yo‘lida katalizator vazifasini o‘tagan.
Ammo Apple avval boshida shu kabi muvaffaqiyatni kutgan edimi? Greg Josviak — Apple mahsulotlarining marketingi bo‘yicha vitse-prezidenti — AirPods naushniklarining bozorni egallash jarayoni haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Apple bu kabi ulkan muvaffaqiyatni kutmagan.
«Bu xuddi o‘rmon yong‘ini kabi edi — juda tez tarqaldi. Barchasi biz tasavvur qilganimizdan ham yaxshiroq sodir bo‘ldi», — deydi Josviak.
Shu bilan birga, Josviakning ta’kidlashicha, Apple AirPods taqdim etilguniga qadar o‘zining simsiz naushniklari kelajagini ko‘ra bilgan. Apple simsiz naushniklar haqida iPhone ishlab chiqarilganidan keyinoq o‘ylashni boshlagan.
2009 yilda esa Apple Stenford universiteti bilan AirPods’ning kelajakdagi shakli haqida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Apple yuzlab quloqlarni skanerdan o‘tkazib, barchaga to‘g‘ri keladigan dizayn yo‘lida «quloq xaritasi»ni yaratishni boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi