Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shahar hokimligi saytida berilgan axborotga ko‘ra, tuman hokimi lavozimini Sherzod Kudbiev egallagan.
Sherzod Kudbiev Davlyatovich 1981 yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1995-2002 yillarda Farg‘ona politexnika institutida tahsil olgan. U shu oliygohda 2002 yildan 2007 yilgacha assistent, katta o‘qituvchi sifatida ishlagan.
2007-2010 yillarda O‘zbekiston Mehnat vazirligi tuzilmalarida mutaxassis, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 2010-2012 yillarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tuzilmalarida mutaxassis sifatida mehnat qilgan.
2012-2015 yillarda Sherzod Kudbiev Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markaziga direktorlik qilgan. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar, Kudbiev Vazirlar Mahkamasida departament mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov lavozimidan ozod etilgan edi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?