18 238
Toshkent-Andijon va Andijon-Urganch yo‘nalishidagi poezd chiptalari bahosi qancha?
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJdan xabar qilishlaricha, Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha yangi 94/93-sonli tezyurar poezd 2016 yil 9 noyabrdan haftasiga bir marotaba harakatlanadi. Poezd Toshkentdan haftaning har chorshanba kuni soat 13:00da jo‘nab ketadi va Andijonga shu kuni soat 19:10da etib boradi. Andijondan shanba kuni soat 22:15da jo‘nab ketib, Toshkentga yakshanba kuni soat 05:15da etib keladi.
Temir yo‘l kassasi bilan bog‘lanib, mazkur yo‘nalishdagi poezdning chipta bahosini aniqlashtirdik. Bu yo‘nalish uchun kupe bahosi 73 000 so‘m. Plaskart vagon bahosi esa 51 000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, Toshkentdan Andijonga har kuni soat 08:05da va 17:20da poezd jo‘naydi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yana bir yo‘nalishni ham yo‘lga qo‘ydi. 2016 yil 10 noyabrdan Andijon-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha yangi 393/394-sonli yo‘lovchi poezdi harakatlanishni boshlaydi. Poezd Andijondan payshanba kuni soat 08:05da jo‘naydi va Urganchga juma kuni soat 08:00da etib keladi. Urganchdan juma kuni soat 19:20da qaytadi va Andijonga shanba kuni soat 19:10da etib keladi. Mazkur yo‘nalishda bir tomonga chipta bahosi kupe uchun 161 000 so‘m, plaskart uchun esa 107 000 so‘mni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi