Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlari yakunlanib, natijalar ham e’lon qilindi. Endi yurtdoshlarimizni Bosh vazir lavozimini kim egallashi qiziqtirmoqda. Quyida sizni Bosh vazirning vakolatlari borasida qonunchiligimizda nima deyilgani bilan tanishtirib o‘tamiz.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi vazifani bajaruvchi Bosh vazir lavozimi O‘zbekistonda 1992 yil 4 yanvarda vise-prezident lavozimi tugatilishi ortidan tashkil etilgan edi. O‘zbekiston Konstitusiyasining 98-moddasiga ko‘ra Bosh vazir:
— Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
— Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
— xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi;
— O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod Prezident tomonidan Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. Shunga asosan aytish mumkinki, bosh vazir kim bo‘lishini davlat rahbari hal qiladi. Parlament Prezident ilgari surgan nomzodni tasdiqlamasligi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi