1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari daromad solig‘iga tortilmaydigan, eng kam oylik ish haqining 10 barobari (1,5 million so‘m atrofida) miqdoridagi oylik gonorar oladi. Bu Prezidentning 29 dekabrdagi maxsus farmonida ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, bundan buyon FA haqiqiy a’zolarini tasdiqlashni mamlakat Prezidenti prezidium hamda tegishli ilmiy mutaxassisliklar bo‘yicha haqiqiy a’zolar tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiradi.
Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarga bir oy muxlat ichida FA haqiqiy a’zolarini ilmiy-ma’rifiy va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilish, ularning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini chuqurlashtirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, FA haqiqiy a’zolarining ilmiy-ma’rifiy muassasalarda hamda sanoat korxonalarida samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Akademiklarni rag‘batlantirish yo‘llari sifatida ularni har yili Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari sanatoriya-sog‘lomlashtirish muassasalarida, shuningdek, Yalta va Kislovodskdagi «O‘zbekiston» sanatoriyalarida bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi