7 065
Qirg‘izistonda O‘zbekistonga qarashli er uchastkalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi
Qirg‘izistonning Botkent viloyati kengashiga Qadamjoy tumanidan saylangan deputat, tadbirkor Almaz Toraliev ukasi, Oqturpoq qishlog‘i raisi Alchin Toraliev va yana bir qancha hamkorlari bilan birgalikda tumandagi bir nechta er uchastkalarini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Tadbirkor ayni paytda O‘zbekiston hududida joylashgan Cho‘ng‘ara qishlog‘iga tegishli 4.7 gektar erni ham sotuvga qo‘ydi. Erning bir gektari uchun atigi 50 ming som belgilangan, deb yozadi Kun.uz.
12news.uz resursida keltirilishicha, bir muddat ilgari Toraliev Mingchinor qishlog‘ida ohak ishlab chiqaruvchi sex tashkil etgan. Sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun joriy yilning fevral oyida tadbirkor O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan Shimoliy So‘x er osti gaz zaxiralari quvurlariga noqonuniy ravishda ulanib olgan. Ammo qo‘shni Cho‘ng‘ara qishlog‘i aholisi unga xalaqit bergan.
Cho‘ng‘araliklardan “qasos” olishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan tadbirkor bir safar Burg‘andi kanalidan qishloqqa suv etkazadigan quvurni kesib tashlagan. Ammo bundan ham ko‘ngli to‘lmagan Toraliev Cho‘ng‘araga tegishli er uchastkalarini kim oshdi savdosiga qo‘yishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi